Oq uy AQSh Federal qidiruv byurosining AQSh sobiq davlat kotibi Hillari Klinton bilan bog‘liq “pochta mojarosi” tergoviga qaytish qaroriga izoh berishdan bosh tortdi, deb yozadi “TASS”.
“FQB direktori Jeyms Komi jamoatchilikka ushbu tekshiruv haqida xabar berishga qaror qilganini himoya ham, tanqid ham qilmoqchi emasman”, — dedi AQSh prezidenti matbuot kotibi Josh Ernest 31-oktabr kuni jurnalistlar uchun tashkil qilingan brifingda.
Uning aniqlik kiritishicha, “ushbu qarorlar qanday qabul qilingani, qanday omillar hisobga olinganini u bilmaydi”. Uning so‘zlariga ko‘ra, qarorlar Oq uy bilan kelishilmagan va Oq uy xodimlaridan hech biri “ularning asl mohiyatini bilmaydi”. Umuman olganda, Oq uy AQSh huquq-tartibot organlari faoliyatiga aralashishdan qochadi, deya ta’kidladi Ernest.
Izoh (0)