Ispaniyaning konservativ Xalq partiyasi yetakchisi Mariano Raxoy mamlakat bosh vaziri sifatida qasamyod qildi. Marosim Madriddagi “Sarsuela” qarorgohida, qirol Filipp VI ishtirokida bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi “TASS”.
Raxoy qo‘lini mamlakat konstitutsiyasiga qo‘yib, “vazifasini vijdonan ado etish” va “qirol hamda konstitutsiyaga sadoqat saqlash”ga qasam ichdi.
U 3-noyabr, payshanba kuni yangi hukumat tarkibini taqdim etishi kutilmoqda. Vazirlar ertasiga qirol huzurida qasamyod qiladi.
Ma’lumot uchun, 61 yoshli Raxoy 2011—2015-yillarda ham Ispaniya bosh vaziri lavozimida faoliyat olib borgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)