Istanbuldagi AQSh bosh konsulligi xodimlari oilalariga Amerikaga qaytish tavsiya etildi. Davlat departamenti Turkiya janubi-sharqida sayohat qilayotgan, shuningdek, ish yuzasidan bo‘lib turgan amerikaliklarga ham bu boradagi ogohlantiruvni uzaytirdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
“Ekstremistik guruhlar Istanbul hududida AQSh fuqarolariga hujum qilishga qaratilgan tajovuzkorona urinishlarini amalga oshirishda davom etmoqda. AQSh fuqarolari Turkiya janubi-sharqiga safarlardan tiyilishlari, shuningdek, butun mamlakat bo‘ylab sayohat bilan bog‘liq xatarlarni ham sinchiklab ko‘rib chiqishlari zarur”, — deyiladi Davlat departamenti saytida.
Qaytish haqidagi tavsiya faqat Istanbuldagi bosh konsullikga taalluqli, AQShning Turkiyadagi boshqa diplomatik idoralariga tegishli emas.
Izoh (0)