Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning Ottava—Bryussel yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan samolyoti texnik nosozlik tufayli ortga qaytdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
The Chronicle Herald nashriga ko‘ra, samolyot Ottavada favqulodda holatlarsiz qo‘ndi.
Tryudo Bryusselga Kanada va Yevroittifoq o‘rtasida erkin savdo haqidagi kelishuvni (Comprehensive Economic and Trade Agreement, SETA) imzolash uchun yo‘l olgandi. Hujjat Belgiya poytaxtida 30-oktabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan Yevroittifoq—Kanada sammiti doirasida imzolanishi kutilmoqda.
Izoh (0)