Filippin prezidenti Rodrigo Duterte so‘kinish va haqorat so‘zlarini ishlatishni to‘xtatishga va’da berdi. Prezidentning aytishicha, unga ilohiy ko‘rinish namoyon bo‘lgan, deb xabar beradi “TASS”.
Duterte matbuot anjumanida quyidagi hikoyani keltirdi:
“Men parvoz paytida osmonga qaradim. Barcha uxlayotgan edi. Shunda bir ovoz ‘Bilasanmi, agar bu kabi ta’riflarni ishlatishni to‘xtatmasang, men hoziroq samolyotni qulashga majbur qilaman’ dedi”.
“Men Xudoga sleng, haqoratlar va shu kabi so‘zlarni ishlatmaslikni va’da beraman. Xudoga va’da — Filippin xalqiga va’da”, — qo‘shimcha qildi u.
Izoh (0)