Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning Ryazan shahrida joylashgan xususiy uyda sodir bo‘lgan, yetti kishini hayotdan olib ketgan portlash bilan shug‘ullanayotgan tergovchilar voqea joyini tekshirganidan so‘ng portlash uy egasining aybiga ko‘ra sodir bo‘lganini aniqladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Tergov versiyasiga ko‘ra, portlash chog‘ida uy isitilayotgan edi, bir nechta xonadonda individual isitish uchun gaz uskunasi o‘rnatilgan edi.

Ryazandagi o‘n qavatli uyning yuqori qavatlaridagi maishiy gazning portlashi 23-oktabr kuni yuz bergan. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, portlash oqibatida yetti kishi halok bo‘lgan. Dastlab uch kishining halok bo‘lganligi ma’lum qilingan bo‘lsa, 24-oktabrda vayronalar ostidan yana to‘rt kishining jasadi topilgan.

Ilgariroq o‘sha uyda istiqomat qiluvchi 16 yoshli qizni iti qutqarib qolgani aytilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Maktab o‘qituvchilariga “Open budget”da ovoz to‘plash bo‘yicha topshiriq berilayotgani aytilmoqda 
Turkmaniston
Ashxobod tajribasi: odamlar zilziladan emas, balki binolar tufayli halok bo‘ladi
Dunyo
“Tolibon” opium savdosidan olinadigan soliqni bekor qildi. Narkotik modda uchun qancha soliq to‘langan?