Avstraliyaning Tasmaniya shtati, Xobart shahrida o‘tayotgan Antarktika tirik dengiz resurslarini saqlash bo‘yicha komissiyaning 36-yig‘ilishi ishtirokchilari Antarktida sohilida tabiatni muhofaza qilish zonasi yaratilishi borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda, tadbirdagi Rossiya delegatsiya rahbari o‘rinbosari Dmitriy Kremenyukka asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Yig‘ilish rasman 28-oktabr kuni yakuniga yetadi, ammo hozirning o‘zidayoq tomonlar tabiatni muhofaza qilish zonasi bo‘yicha asosiy shartlarni kelishib oldi.
Dengiz muhofaza hududi Rossa dengizida tashkil etiladi. Uning maydoni 1,2 million kvadrat kilometrni tashkil etadi. Kelishuv 35 yil davomida amal qiladi.
Tashabbusni bir necha yil muqaddam AQSh va Yangi Zelandiya tomoni ilgari surib kelayotgan edi, ammo ushbu taklif Rossiya va yana bir necha mamlakat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmayotgan edi.