26-oktabr, chorshanba kechasi Nukusda aholi yer silkinishini his qildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
“Nukusskaya nedelya” gazetasi bosh muharriri Azamat Davletmuratovning guvohlik berishicha, yer silkinishi besh sekund davom etgan, bunda oyna zirillagani eshitilgan.
Zilzila taxminan soat 19:20 da ro‘y bergan.
Yevropa O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazining ma’lumotlariga qaraganda, zilzila epitsentri Turkmanistonning g‘arbiy qismida qayd etilgan. Zilzila magnitudasi — 5,7.
Izoh (0)