Xitoyni qoralash AQSHga “xakerlik imperiyasi” yorlig‘idan qutulishga yordam bermaydi. Bu haqda XXR Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Chjan Syaogan ma’lum qildi.

“AQSH boshqalarni o‘zi ilgari qilgan yoki hozir qilayotgan ishlarida ayblayapti. Qo‘shma Shtatlar Xitoyga qarshi kiberhujumlarning asosiy manbai va kibermakon uchun barchaga ma’lum tahdid hisoblanadi”, dedi Chjan Syaogan.
Uning ta’kidlashicha, AQSH kibermakonda o‘z xohishiga ko‘ra harakat qilib, kuzatuv olib borish, maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash va hujumlar uyushtirish uchun barcha vositalardan foydalangan. Ular o‘zlarining yovuz qilmishlari bilan tanilgan.
“Xitoyni qoralash AQSHga “xakerlik imperiyasi” yorlig‘idan qutulishga yordam bermaydi. Biz AQSHdan o‘g‘rilik qilib, so‘ng “o‘g‘rini ushlang” deb baqirishni to‘xtatishni, shuningdek, butun dunyo mamlakatlariga, jumladan Xitoyga qarshi kiberhujumlarni to‘xtatishni talab qilamiz”, deya qo‘shimcha qildi u.
The Wall Street Journal AQSH hukumati 2025-yilda Xitoydan ishlab chiqarilgan TP-Link routerlaridan foydalanishni taqiqlash imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida yozgan edi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, routerlar Xitoy kiberhujumlariga aloqador bo‘lishi mumkin.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, TP-Link AQSHda xususiy foydalanish va kichik biznes uchun mo‘ljallangan marshrutizatorlar bozorining taxminan 65 foizini egallaydi. Ushbu marshrutizatorlar Mudofaa vazirligi va boshqa federal hukumat agentliklari uchun internet aloqalarini ta’minlaydi. Savdo, mudofaa va adliya vazirliklari Xitoy kompaniyasini tekshirishni boshladi.
Izoh (0)