Rossiyaning Tambov viloyatida Kershinsk suv omboriga qulab tushgan Vans RV-9 sport samolyotining uchuvchisi undan chiqib ketishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Uchuvchi suv ombori ustida parvoz qilayotgan edi. Uning so‘zlariga qaraganda, kutilmaganda samolyotning dvigateli o‘chib qolgan va suvga qulab tushgan. Shundan so‘ng u mustaqil ravishda samolyotdan chiqib olishga erishgan.
Hodisa yuzasidan tergovoldi surishtiruvi olib borilmoqda.
FVVdan o‘n kishi va uchta texnika hodisa oqibatlarini bartaraf etish uchun jalb etildi.
Izoh (0)