• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12514.34
    • RUB156.41
    • EUR14600.48
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev: Nazorat organlari vakolatlarini qat’iy cheklash vaqti keldi

    19-oktabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII syezdida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Respublika Prezidenti vazifasini bajaruvchi, O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev nomzodini ko‘rsatish haqida qaror qabul qilindi. Syezdda Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturining asosiy yo‘nalishlari haqida ma’ruza qildi.

    Foto: O‘zА

    Foto: O‘zА

    Shavkat Mirziyoyevga ko‘ra, bugungi kundagi eng muhim vazifalardan biri — xususiy mulk va tadbirkorlikni rivojlantirishga xalaqit berayotgan barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etishdan iborat.

    “Ma’lumki, bugungi kunda tadbirkorlik sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 56,5 foizga yetdi. Aholining 78 foizi aynan shu tarmoqda mehnat qilib, mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda.

    Biroq, tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga qaratilgan qator choralar ko‘rilishiga qaramasdan, doimiy tekshirishlar, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlar oqibatida tadbirkorlar o‘z ishini vaqtincha to‘xtatishga, ayrim hollarda esa umuman tugatishga majbur bo‘lmoqda.

    Jinoyat ishlarini tergov qilish doirasida o‘tkazilayotgan tekshirishlarning uzoq muddat davom etishi tadbirkorlarning haqli noroziligiga sabab bo‘lmoqda.

    Shuningdek, litsenziya va ruxsatnomalar berish jarayoni oylab cho‘zilishi tufayli fuqarolar tadbirkorlik bilan noqonuniy tarzda shug‘ullanishiga o‘zimiz zamin yaratmoqdamiz. Mansabdor shaxslarning ta’magirlik holatlariga to‘liq chek qo‘yilmagan.

    Tekshiruv tartiblarini buzish holatlari asosan soliq, yong‘inga qarshi kurash, sanitariya nazorati, kadastr, tabiatni muhofaza qilish va boshqa nazorat qiluvchi organlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Joriy yilning o‘tgan davrida xo‘jalik sudlarida xususiy tadbirkorlik, kichik biznes subyektlari va fermer xo‘jaliklarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid 23 mingta ish ko‘rilib, tadbirkorlar foydasiga 640 milliard so‘m undirish haqida qarorlar qabul qilingan, 133 nafar aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli sud ta’sir choralari ko‘rilgan.

    Rejadan tashqari va muqobil tekshirishlar nazorat organlariga tadbirkorlik subyektlarini istalgan vaqtda tekshirish imkonini beradi. Ular orasida eng keng tarqalgan qisqa muddatli tekshirishga esa tekshiruvchi idoraning o‘zi ruxsat bermoqda. Tekshirishlar tirnoq ostidan kir qidirish, kamchilik topishga yo‘naltirilgan bo‘lib, oxir-oqibatda tadbirkorlarni sindirmoqda.

    Shu sababli tekshirish turlari, ularni o‘tkazish tartibi va asoslarini tanqidiy ko‘rib chiqish, nazorat organlarining vakolatlarini qat’iy cheklash, tadbirkorlar javobgarligini liberallashtirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish vaqti keldi, deb o‘ylayman.

    Bu muammolarni e’tiborga olib, yaqinda qabul qilingan Farmonga muvofiq, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, ular faoliyatiga noqonuniy aralashuvni tubdan qisqartirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va profilaktika samaradorligini oshirish siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi va davlat organlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilandi.

    Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rejadan tashqari va muqobil tekshirishlarning barcha turlari bekor qilindi.

    Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etib, yetkazilgan zararni qoplagan tadbirkorlar ma’muriy va jinoiy javobgarlikdan, jarimalar va moliyaviy sanksiyalardan ozod qilinadi.

    Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jinoiy jazoni qo‘llash bekor qilindi.

    Xorijiy investitsiyalar ishtirokida yangidan tashkil etiladigan ishlab chiqarish korxonalariga davlat ro‘yxatidan o‘tgan vaqtida amalda bo‘lgan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalarini besh yil mobaynida qo‘llash huquqi berildi.

    Tadbirkorlik faoliyatiga aralashish, faoliyatni asossiz to‘xtatib qo‘yganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi, shuningdek, ularga yetkazilgan zararni bevosita aybdorlardan undirish tartibi belgilandi.

    Mazkur Farmon bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida, Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida, Davlat xaridlari to‘g‘risida va Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kabi muhim qonunlarni qabul qabul qilish nazarda tutildi”.

    22.10.2016, 20:40   Izoh (0)   68609
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev: 2017—2020-yillarda paxta maydonlari bosqichma-bosqich qisqartiriladi

    22.10.2016, 19:59

    Shavkat Mirziyoyev: Arzon va ishonchli dori-darmon bilan ta’minlash masalasida аholimizdan qarzdormiz

    22.10.2016, 19:24

    Qo‘qon va G‘ijduvonda erkin industrial zonalar tashkil etish rejalashtirilmoqda

    22.10.2016, 19:03

    Ummon elchisi bilan o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

    22.10.2016, 18:04

    Shavkat Mirziyoyev: Jinoyatchilikning oldini olish, har qanday jinoyatga adolatli baho berishga qaratilgan ishlarimiz keskin kuchaytiriladi

    22.10.2016, 17:36

    Shavkat Mirziyoyev: Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqimizga xizmat qiladigan vaqt keldi

    22.10.2016, 17:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailand Kambodjani otashkesim shartlarini buzishda aybladi

    Dunyo | 29 iyul, 11:19

    O‘zbekiston davlat organlarida ijro intizomini nazorat qilishda sun’iy intellekt qo‘llanadi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 11:07

    Rossiya tunda Ukrainadagi koloniyaga aviabomba tashladi

    Dunyo | 29 iyul, 10:50

    Xitoyda barcha uy yumushlarini bajaruvchi odamsimon robot — “uy ishlari terminatori” taqdim etildi (foto)

    Texnologiyalar | 29 iyul, 10:47

    Nyu York markazida otishma: 5 kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 29 iyul, 10:33

    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi

    Reklama | 29 iyul, 09:00

    Avgust oyida O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi?

    O‘zbekiston | 29 iyul, 10:29

    “An-Nassr” Mark Kukurelya uchun katta shartnoma tayyorlamoqda

    Sport | 29 iyul, 10:27

    “G‘azoni haqiqiy ocharchilik qurshab olgan” — Donald Tramp (video)

    Dunyo | 29 iyul, 10:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.