• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12514.34
    • RUB156.41
    • EUR14600.48
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev: Jinoyatchilikning oldini olish, har qanday jinoyatga adolatli baho berishga qaratilgan ishlarimiz keskin kuchaytiriladi

    19-oktabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII syezdida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Respublika Prezidenti vazifasini bajaruvchi, O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev nomzodini ko‘rsatish haqida qaror qabul qilindi. Syezdda Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturining asosiy yo‘nalishlari haqida ma’ruza qildi.

    Foto: O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi

    Foto: O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi

    Shavkat Mirziyoyev o‘z ma’ruzasida jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq tizimi faoliyatiga alohida to‘xtatilib o‘tdi.

    “Jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash – amalga oshirilayotgan barcha islohotlar samaradorligiga erishish, aholi turmush darajasini oshirish, mamlakatda tinchlik, totuvlik va barqaror vaziyatni ta’minlashning asosiy kafolatidir.

    Shu sababli sud-huquq tizimi faoliyati to‘g‘risida gapirar ekanmiz, amalga oshirilgan keng qamrovli ishlar bilan bir qatorda, sohada o‘z yechimini kutayotgan ko‘plab muammolar mavjudligini ham ta’kidlab o‘tish lozim, deb hisoblayman.

    Odamlar bizdan nimani kutayapti? Eng avvalo, davlat idoralariga qilgan murojaatlari o‘z vaqtida, xolisona va qonuniy hal etilishini kutmoqda. Lekin, ayrim rahbarlarning aholi ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqishda sansolarlik, mas’uliyatsizlik, ortiqcha rasmiyatchilikka yo‘l qo‘yayotgani odamlarni bezdirmoqda.

    Birgina joriy yilning 9 oyida Bosh prokuraturaga 137 ming, Oliy sudga 67 ming, Adliya vazirligiga 52 mingdan ziyod kelib tushgan murojaatlarning salkam 30 foizi bevosita tergov-sud faoliyati va sud qarorlari ijrosi sohasidagi masalalar bilan bog‘liq.

    Eng achinarlisi shundaki, mansabdor shaxslarning harakatsizligi oqibatida takroriy murojaatlar soni ortib bormoqda.

    Qani, aytingchi, bu ahvolda aholining umuman sud-huquq tizimiga ishonchi va uni mustahkamlash to‘g‘risida gapirish mumkinmi o‘zi?

    O‘ylaymanki, barchangiz bu masalaning nechog‘lik muhim ekanini yaxshi tushunasiz. Xo‘sh, vaziyatni o‘nglash uchun nima qilish kerak?

    Birinchi navbatda, barcha darajadagi rahbar va mas’ul xodimlarning og‘zaki va yozma murojaatlar bilan ishlashga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirish kerak.

    Odamlar bilan ularning tilida gaplashish, dardini eshitish va muammolarini hal qilishning samarali usullarini joriy etish ustida jiddiy bosh qotirishimiz zarur.

    O‘ylaymanki, bu masalaning juda muhimligini inobatga olib, uni davlat siyosatining ustuvor vazifalari darajasiga ko‘tarish payti keldi.

    Muhtaram Birinchi Prezidentimiz “Odamlar hamma narsaga chidashi mumkin, lekin adolatsizlikka chiday olmaydi”, deb takror va takror ta’kidlar edilar.

    Ammo, bugungi kunda sudlarda ishlarni ko‘rib chiqishda yuz berayotgan ovoragarchilik joylarda fuqarolarning haqli noroziligiga sabab bo‘lmoqda.

    Aynan shu nuqtai nazardan, qabul qilinayotgan har bir qarorning asosli, adolatli va qonuniy bo‘lishini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.

    Bu borada sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda odil sudlov faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlash asosiy masaladir.

    Eng achinarlisi, keyingi yillarda sudlar tomonidan birorta ham oqlov hukmi chiqarilmagan.

    Bundan biz, barcha tergov organlari xatosiz va juda sifatli darajada ishlayapti, degan xulosaga kelishimiz mumkinmi? Yo‘q, albatta.

    Bundan tashqari, odil sudlovning mazmun-mohiyatiga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan sudlar tomonidan jinoyat ishlarini qo‘shimcha tergovga qaytarish amaliyotidan voz kechish vaqti keldi.

    Sud yoki oqlov, yoki qoralov hukmini chiqarishi kerak.

    Shuning uchun sudyalarning vakolat muddatlarini uzaytirish orqali sudlarning chinakam mustaqilligini ta’minlash hamda xalqimiz kutayotgan adolatli qarorlar qabul qilishga har tomonlama qodir, mustahkam irodali, yuksak ma’naviy va kasbiy fazilatlarga ega bo‘lgan sud xodimlari tarkibini shakllantirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

    Odil sudlovning muhim sharti bo‘lgan tomonlar tengligi prinsipini to‘liq ishlatish uchun advokatura sohasini ham isloh qilish alohida o‘rin tutadi.

    Xalqaro tajribaga nazar tashlaydigan bo‘lsak, advokat eng nufuzli, obro‘li va ishonchli kasb egasi hisoblanadi. Milliy qonunchiligimizda ham advokatlarning samarali faoliyat yuritishi uchun barcha asoslar yaratilgan bo‘lsa-da, amaliyotda bu normalar mutlaqo ishlamayotganini afsus bilan qayd etishimiz lozim.

    Shu bilan birga, sud-huquq sohasida advokaturaning o‘rni va rolini yanada oshirish, advokat vakolatlarini kengaytirish bo‘yicha bir qator qo‘shimcha va samarali chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz zarur bo‘ladi.

    Yuqorida qayd etilgan muammolarni hal etish maqsadida: birinchidan, sud-huquq tizimini yanada isloh qilish; ikkinchidan, fuqarolarning huquqlarini ishonchli himoya qilish; uchinchidan, odil sudlov kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan masalalar bo‘yicha farmon loyihasi tayyorlanmoqda.

    Bugungi kundagi yana bir ustuvor vazifamiz – mamlakatimiz rivojiga to‘siq bo‘layotgan yovuz illat, ya’ni, korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarlikning oldini olish masalalarini samarali hal etishdan iborat.

    E’tibor bering, birgina joriy yilning 9 oyida 61 mingdan ortiq jinoyat va 2,5 milliondan ortiq huquqbuzarliklar qayd etilgan.

    Bu raqamlar jamiyat taqdiri uchun javobgarlikni his qilgan har bir insonni o‘ylantirmasdan qo‘ymaydi, albatta. Chunki, ular kimgadir farzand, ota-ona yoki qarindosh, qolaversa, shu yurtning fuqarolaridir.

    Jinoyat uchun jazo muqarrar, albatta. Lekin, o‘zimizga bir savol beraylik – fuqarolarimiz jinoyat yo‘liga kirib qolmasligi uchun shaxsan har birimiz nima ish qilyapmiz?

    Shu nuqtai nazardan, faoliyatimiz, birinchi navbatda, aybdor shaxsni javobgarlikka tortib, unga “sudlangan” degan tamg‘ani bosishga emas, aksincha, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va profilaktikasiga qaratilishi zarur.

    Afsuski, joylarda bu masalada mahalla raisi, profilaktika inspektori va boshqa mutasaddilar o‘z mas’uliyatini mutlaqo his etmayapti, desak, to‘g‘ri bo‘ladi.

    Shuning uchun jinoyatchilikning oldini olish va har qanday jinoyatga adolatli baho berishga qaratilgan ishlarimiz keskin kuchaytiriladi.

    Har bir holat va vaziyat bo‘yicha hokim, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i va prokurorning aholi vakillari oldida hisobot berishini ko‘zda tutadigan yangi tizim joriy etiladi.

    Xalqning dardi va tashvishlarini pisand qilmaydigan, el-yurtimiz osoyishtaligi va jamoat tartibini saqlashga, adolat va qonun ustuvorligini ta’minlashga qurbi yetmaydigan har qanday darajadagi rahbarlarga nisbatan jiddiy choralar ko‘riladi. Lo‘nda qilib aytganda, bunday loqayd va befarq shaxslarga rahbarlik lavozimlarida mutlaqo o‘rin yo‘q”.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 21-oktabr kuni “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

    22.10.2016, 17:36   Izoh (0)   23297
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev: Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqimizga xizmat qiladigan vaqt keldi

    22.10.2016, 17:14

    Toshkentda 23-oktabrga o‘tar kechasi havo harorati -1 darajagacha soviydi

    22.10.2016, 16:38

    O‘zbekiston TIVda Qozog‘iston elchisi bilan o‘zaro kelishuvlarning bajarilishi muhokama qilindi

    22.10.2016, 15:18

    O‘zLiDeP Shavkat Mirziyoyev nomzodini ro‘yxatga olish uchun Markaziy saylov komissiyasiga hujjatlar topshirdi

    22.10.2016, 11:37

    Aksiyalarining 100 foizi davlatga tegishli strategik tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

    22.10.2016, 11:06

    Samarqandda qurilishi boshlangan tramvay yo‘li, “O‘zbekiston havo yo‘llari” taqiqlagan Samsung Galaxy Note 7, mashinani yondirib yuborgan iPhone 7 ning portlashi v...

    21.10.2016, 20:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bloger Farhod Mannopov o‘limida operatsiya qilgan jarroh emas, anesteziolog aybdor deb topildi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 21:44

    AQSH va Britaniya Zalujniy nomzodini Ukraina prezidenti lavozimiga ilgari surmoqchi — Rossiya tashqi razvedka xizmati

    Dunyo | 29 iyul, 21:15

    “Roma” “Manchester Siti” futbolchisini ijaraga olmoqchi

    Sport | 29 iyul, 21:02

    90-yillar yulduzlari kinoga qaytmoqda: karyerasini qayta tiklayotgan Gollivud aktrisalari

    Kino | 29 iyul, 20:55

    Twitter asoschisi tomonidan Bitchat Mesh nomli oflayn messenjer ishlab chiqildi

    Dunyo | 29 iyul, 20:40

    Hindiston koinotga robot-gumanoid yuborishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 29 iyul, 20:25

    Kapitan Huk, Skar, Kruella: Disney yovuz qahramonlarni yaratishda kimlardan ilhomlangan?

    Kino | 29 iyul, 20:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.