• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12466.44
    • RUB155.42
    • EUR14517.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bloger Farhod Mannopov o‘limida operatsiya qilgan jarroh emas, anesteziolog aybdor deb topildi

    Bloger Farhod Mannopov o‘limi yuzasidan Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasi hukm chiqardi. “Daryo” tanishgan sud hukmiga ko‘ra, Mannopovni operatsiya qilgan LOR-shifokor oqlangan.

    LOR-shifokor oqlandi

    LOR dastlabki sud hukmidan norozi bo‘lib, apellyatsiya shikoyati kiritgan. U asossiz ravishda ayblanganini aytib, oqlov hukmi chiqarishni so‘ragan.

    Apellyatsiya instansiyasi joriy yil 22-iyulda jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudi 2024-yil 29-noyabrdagi hukmining LORga oid qismini bekor qilgan.

    Shifokor Jinoyat kodeksi 117-moddasi 2-qismi hamda 116-modda 3-qismida nazarda tutilgan jinoyat yuzasidan qilmishida jinoyat alomatlari bo‘lmagani sabab Jinoyat protsessual kodeksi 83-moddasi 2 va 3-bandlariga asosan aybsiz deb topilib oqlandi. Jinoyat ishining unga oid qismi tugatildi.

    Sud jarayonida o‘lim yuzasidan qator masalalar muhokama etilgan. Jumladan, uchta mutaxassis so‘roq qilingan. Ular operatsiya jarayonida LORda ayb bo‘lmaganini aytgan.

    Birinchi guvoh — Apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida qo‘shimcha guvoh sifatida Mudofaa vazirligi MHKG Otolaringologiya bo‘limi boshlig‘i, bosh otalaringolog bo‘lgan. Uning aytishicha, bemor LORning aybi bilan o‘lmagan. Aynan rinoplastika vaqtida LOR aybi bilan bemor isitmasi ko‘tarilib ketishi amaliyotda uchramagan.

    Yana bir guvoh tariqasida Qurolli kuchlar Sud-tibbiy ekspertiza markazi vakili ham so‘roq qilingan. U o‘lim jarrohlik amaliyoti jarayonida dori vositasiga medikamentoz allergik reaksiya natijasida rivojlangan anafilaktik shok bo‘lganini aytgan. Ekspertlar tahliliga ko‘ra, bu klinik holatda marhum burun shilliq qavatlariga inyeksiya orqali yuborilgan “Novokain” mahalliy anestetik dori vositasi etiologik omil sifatida ishtirok etgani ehtimoldan xoli emas.

    Sudda yana guvoh sifatida Ixtisoslashtirilgan allergologiya ilmiy-amaliy markazi shifokor allergologi ham so‘roq qilingan. Mazkur guvoh ham o‘lim sababini dori vositasiga allergik reaksiya oqibatida rivojlangan anafilaktik shok deb belgilashganini maʼlum qilgan.

    Aybdor anesteziolog

    Sud hukmida keltirilishicha, Farhod Mannopovni “Star Med Center” xususiy klinikasida operatsiya qilishda qatnashgan anesteziolog-reanimatolog shifokor tibbiy standartlarni qo‘pol tarzda buzgan. U bemorni yetarlicha tekshirmagan va to‘g‘ri tashxis qo‘ymagan. Masalan, allergik risklar bor-yo‘qligini tekshirmagan. Kardiolog tavsiyalarini olmagan. Anesteziologik muolaja natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli oqibatlar yuz bergan taqdirda ularni bartaraf qilish choralarini ko‘rmay, anesteziya qo‘llash mumkinligiga tavsiya bergan.

    Blogerga 2023-yil 3-mart kuni soat 13:40 da “Sevofluran” gazli narkoz muolajasi qo‘llangan. Mazkur dori vositasini miya jarohatlari mavjud bo‘lganda qo‘llash ma’n etilgan. Farhod Mannopov esa burnidan jiddiy jarohat olgani sabab klinikaga kelib, operatsiyaga rozi bo‘lgan.

    Anestiziolog jarrohlik amaliyoti vaqtida bemor sog‘lig‘iga hamda o‘z kasbiga beeʼtibor bo‘lishda davom etgan. Anesteziya o‘tkazishda arterial bosim va yurak qisqarishlari sonini har 5 daqiqadan kam bo‘lmagan vaqtda o‘lchab turishi kerak bo‘lgan. Uzluksiz elektrokardioskopik nazorat o‘tkazish asosiy vazifalaridan hisoblangan. Ammo u operatsiya jarayonida telefonda bir necha daqiqa davomida gaplashib o‘tirgan. Suhbatlar operatsiya jarayonlariga bog‘liq bo‘lmagan.

    Natijada bemor tana harorati ko‘tarilganini o‘z vaqtida aniqlamagan. Yo‘l qo‘ygan bir necha xatolari sabab bemor isitmasi ko‘tarilib, yuragi birinchi marta soat 16:30 da to‘xtab qolgan va koma holatiga tushgan. Bemorda ikkinchi marta soat 17:10 da, uchinchi marta soat 17:53 da yurak faoliyati to‘xtashi yuzaga kelgan.

    Farhod Mannopov chuqur komatoz holatga tushib qolgani oqibatida o‘ziga kelmasdan, o‘tkir yurak qon-tomir, nafas, buyrak va jigar yetishmovchiligi, DVS sindromi, o‘pka va miya shishi (poliorgan yetishmovchilik) bilan 2023-yil 5-mart kuni soat 03:20 da klinikaning o‘zida vafot etgan. Marhum 27 yoshda bo‘lgan.

    Maʼlumot uchun, Jinoyat ishi 2023-yil sentyabr oyida sudga oshirilgan edi. 2023-yil oktyabrida marhumning yaqinlari iltimosi bilan sud jarayonning OAVda yoritilishini taqiqlagan.

    29 iyul, 21:39   Izoh (0)   8618
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Inspektor o‘zboshimchalik qilgan”. Toshkentda bitta xonadon qarzdorligi sabab butun qavat ichimlik suvidan uzib qo‘yildi

    29 iyul, 19:45

    “Oldin sharoit yaratmay jazoni kuchaytiryapmiz” — deputat ekologiyaga zarar yetkazganlar uchun jarimani oshirishga eʼtiroz bildirdi

    29 iyul, 18:20

    Toshkent tumanida mebel korxonasi 1,1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani fosh bo‘ldi — “Hududgaztaʼminot”

    29 iyul, 17:30

    O‘zbekistonning 4 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi

    29 iyul, 16:46

    “Yoki ishlanglar, yoki joyni bo‘shatib qo‘yinglar!” — farm kompaniya rahbari soha mutasaddilariga keskin murojaat qildi

    29 iyul, 16:25

    O‘zbekistonda dollar kursi 12 500 so‘mga tushdi

    29 iyul, 16:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “O‘zgidromet” 22-avgustda qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 21 avgust, 13:47

    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

    Reklama | 21 avgust, 13:32

    Qirg‘izistonda shifokorlarga choy-chaqa berishni qonuniylashtirish taklif qilindi

    Qirg‘iziston | 21 avgust, 13:34

    Saida Mirziyoyeva Bishkekda “Ayol — dunyoni yaxshilik sari o‘zgartiruvchi lider” xalqaro forumida qatnashdi (foto)

    O‘zbekiston | 21 avgust, 13:26

    “Hech narsadan afsuslanmayman”: ISHID jangarisi qatl oldidan intervyu berdi

    Dunyo | 21 avgust, 13:19

    Toshkent viloyatida 3 kunlik kelinchak o‘z joniga qasd qildi

    O‘zbekiston | 21 avgust, 13:07

    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

    Reklama | 21 avgust, 12:00

    AQSH Xalqaro jinoiy sudning 4 nafar amaldorini qora ro‘yxatga kiritdi

    Dunyo | 21 avgust, 12:55

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 80 mln yevro taklif qildi

    Sport | 21 avgust, 12:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.