Alepponing gumanitar yo‘laklari bo‘ylab jangarilar bilan otishmada uch nafar rossiyalik ofitser yengil jarohat oldi. Bu haqda Suriyada urush olib borayotgan tomonlarni yarashtirish bo‘yicha Rossiya markazi ma’lum qildi, deb yozadi “Vedomosti”.
Hozirgi paytda harbiylarning hayotiga hech narsa xavf solmayotganligi ma’lum qilindi. Otishma Al-Mashark tumanidagi hukumat qo‘shinlarining nazorat-o‘tkazish punktida yuz bergan. Mudofaa vazirligi ofitserlar “Xmeymim” aviabazasiga yetkazilganligini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, ekstremistlar sharqiy Aleppo hukumat organlarining 14 nafar vakilini shaharni tark etishga undagani uchun qatl etgan.
Alepponing sharqiy qismida “gumanitar tanaffus” amal qilishni boshlagan birinchi kunida sakkiz nafar jangari yaralanib, shaharni tark etgan. Suriyada 20-oktabr kuni 8:00 dan aholi va jangarilarga maxsus yo‘laklar orqali shaharni tark etish imkonini berish uchun “gumanitar tanaffus” o‘rnatildi.
Izoh (0)