IShID terrorchi guruhi jangarilari oxirgi 2,5 yil ichida Mosul tinch aholisi vakillaridan 10 ming kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda, Al Sumaria telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Shahar etnik va diniy nuqtai nazardan rang-barang aholiga ega. Shaharda istiqomat qiluvchi 1,3 million kishi turli elat va dinga mansub jamoatlardan iborat. Oxirgi 28 oy mobaynida terrorchilar mahalliy arablar, turkmanlar, xristianlar, yazidlarni yoppa qirg‘in qilgan.
Mosulni IShID jangarilaridan tozalash bo‘yicha operatsiya 17-oktabr kuni boshlandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)