Yevroittifoq diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini Rossiya va Suriyani Aleppodagi bombardimonlarni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
“Alepponi qutqarish ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda. Yevroittifoq Rossiyani va rejimni bombardimonni to‘xtatishga va fojianing oldini olishga chaqiradi”, — dedi u Lyuksemburgda jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.
Mogerini, shuningdek, mintaqaning asosiy o‘yinchilari bilan muzokaralar boshlanishini ma’lum qildi.
“Ertaga (18-oktabr kuni) Yevroittifoq Suriyaning kelajagi yuzasidan mintaqaning asosiy o‘yinchilari — Turkiya, Eron, Saudiya Arabistoni bilan muzokaralarni boshlaydi”, — ta’kidladi siyosatchi.
Izoh (0)