Rossiyada birinchi marta bolaning o‘pkasini ko‘chirish operatsiyasi o‘tkazildi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova bayonot berdi, deb xabar qilmoqda “TASS”.
Operatsiya Shumakov nomidagi Federal transplantologiya va sun’iy organlar ilmiy markazida 25 kuncha muqaddam o‘tkazildi. Ammo bu haqda endigina ma’lum qilindi.
“Institut jamoasini bolaning o‘pkasini transplantatsiya qilish bo‘yicha birinchi operatsiya bilan tabriklayman. Dunyoda jami o‘nta bu kabi operatsiya o‘tkazilgan”, — ma’lum qildi Skvorsova.
Aytilishicha, mukovissidoz tashxisi qo‘yilgan 13 yoshli qizning o‘pkasi ko‘chirib o‘tkazilgan. U operatsiyadan 18 soat o‘tib, nafas ola boshladi. Hozir qizcha ko‘chada sayr qilib yuribdi va jismoniy mashqlarni bajaryapti.
Izoh (0)