Crep Protect kompaniyasi reper Kanye Uestning cheklangan miqdorda chiqarilgan Adidas Yeezy Boost 350 V2 krossovkasini kosmosga uchirdi va shu bilan suv yuqtirmaydigan spreyning ustun jihatlarini namoyish etishga harakat qildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Krossovkalar havo shariga mahkamlanib, GoPro kamerasi bilan osmonga uchirib yuborildi. Oradan ikki soat o‘tib, 35 ming metr balandlikdan shar yorildi va poyabzal Buyuk Britaniya hududiga quladi.
Parvozdan so‘ng o‘z ko‘rinishini saqlab qola olgan krossovkalarni qutqaruvchi yordamida daraxtdan olib tushishga to‘g‘ri keldi.
Bu Crep Protect’ning krossovkalarni kosmosga uchirish bo‘yicha uchinchi urinishi. Dastlabki ikki juft krossovkalarni GPS signali yo‘qolib qolgani sabab topishning imkoni bo‘lmagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)