AQShning Ogayo shtatida yengil motorli samolyot qulashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Dayton Daily News nashriga ko‘ra, samolyot Tertlkrik tumanidagi Kemp-Kern aholi punkti yaqinida, chekka o‘rmonzor atrofida qulagan. Hodisa joyiga borish uchun politsiyachilar vezdexod va qayiqlardan foydalanishiga to‘g‘ri keldi.
Havo kemasi kuchli darajada yongan, rasmiylar uning dum qismidagi raqamlarini aniqlash ustida ishlamoqda. Shu sababli samolyot qayerdan qayerga yo‘l olgani hozirgacha ma’lum emas.
Izoh (0)