AQSh Davlat kotibi Jon Kerri 16-oktabr, yakshanba kuni Amerika rasmiylari Suriyada vaziyat tufayli Rossiyaga qarshi cheklovchi choralar joriy etishni ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Biz Rossiyaga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqyapmiz. Shuningdek, Suriya hukumatiga nisbatan ham choralar joriy etilishi mumkin. Biz buni muhokama etishda davom etamiz va bir necha kun ichida bir to‘xtamga kelamiz”, — deya ta’kidladi Kerri britaniyalik hamkasbi Boris Jonson bilan birgalikdagi matbuot anjumani chog‘ida.
Shu bilan birga, Davlat kotibi “AQSh prezidenti Barak Obama avvalgidek Rossiya bilan Suriya masalasida o‘zaro hamkorlikning turli variantlarini taklif etayotganligi”ni bildirdi.
Izoh (0)