“Sayyod.com” saytida ushbu mavzuga bag‘ishlangan “Milano sotqin yoki yulduzlik kasali?” nomli maqola chop etildi. So‘zining boshida Milanoning iste’dodini maqtagan maqola muallifi yutuqlar yosh iste’dod sohibining boshini aylantirib qo‘ygan, degan xulosaga keladi.
“Balki yulduzlik onlaridan taltaygan Sardor Milano asli qayerdan ekanini unutdimi, xullas, ‘Moskvadanman’ deya o‘zini tanishtirdi. Oxirigacha na O‘zbekiston va na Toshkent haqida lom-mim demagan bu yigitdan ochig‘i shu sabab umuman ko‘ngil qoldi”, — deyiladi maqolada.
“Ertaga Amerikaga borib, Moskvaniyam unutib yuborsa ajab emas”, — deb xulosa qildi muallif.
Izoh (0)