Amerikalik musiqachi va qo‘shiqchi shoir Bob Dilan adabiyot bo‘yicha 2016-yilgi Nobel mukofoti sovrindori bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Vedomosti”.
U “Amerika qo‘shiqchilik an’anasi doirasida yangi poetik iboralarni yaratgani uchun” mukofotga loyiq deb topildi. Bu shu yildagi so‘nggi Nobel mukofotidir.
O‘tgan yili esa adabiyot bo‘yicha Nobel belaruslik yozuvchi Svetlana Aleksiyevichga nasib etgan edi.
Avvalroq tibbiyot, fizika, kimyo, tinchlik va iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotlari sovrindorlari ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh (0)