KXDR Janubiy Koreyadan “Sariq dengizdagi fitnalarni zudlik bilan to‘xtatish”ni talab qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Koreya markaziy telegraf agentligining 15-oktabr, shanba kuni e’lon qilingan xabariga ko‘ra, ushbu oyda Janubiy Koreya kemalari va baliqchilik qayiqlari deyarli har kun KXDRning Sariq dengizdagi hududiy suvlariga kirgan. 14-oktabr kunining o‘zida ulardan 9 tasi KXDR tomonidan nazorat qilinadigan dengiz hududida bir necha soat bo‘lgan va “Shimoliy Koreya tomonining jiddiy ogohlantirishidan keyingina tark etgan”.
Pxenyanga ko‘ra, Janubiy Koreya rasmiylari “KXDRni o‘z-o‘zini himoya maqsadidagi javob harakatlariga undamoqda va bundan uning hududiga zarba berish uchun foydalanishga umid qilmoqda”.
Izoh (0)