AQSh va Janubiy Koreyaning 4—10-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarida ishtirok etadigan Buyuk Britaniya harbiy aviatsiyasi KXDR armiyasi nishoni ostida qolishi muqarrar, deya xabar bermoqda “Interfaks” KXDR elchixonasi press-reliziga tayanib.
“Bu AQSh va Janubiy Koreyaning KXDRga qarshi yangi urush boshlashga qaratilgan kirdikorlariga ochiqdan-ochiq qo‘shilish bo‘yicha dushmanlarcha harakatdir”, — deyiladi press-relizda.
“Hozirgi vaziyatda harbiy manyovrlar haqiqiy urushga aylanib ketmasligiga kafolat yo‘q. Shunday ekan, ushbu manyovrlarda ishlatiladigan barcha harbiy vositalar va qurol-yarog‘lar, shubhasiz, bizning armiyamiz nishoni ostiga tushadi”, — deya ta’kidlanadi unda.
Izoh (0)