Yangi suratga olingan o‘zbek filmlarining asosiy taqdimot joyi — Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda 2016-yil birinchi yarmida 25 dan ortiq premyera bo‘lib o‘tdi.
Jurnalist Feruz Muhammad kinosaroy kassasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida, yarim yillikning eng ko‘p tomoshabin to‘plagan filmlari o‘nligini tayyorladi.
10-o‘rin. “Kutilmaganda buzilgan to‘y” (komediya)Rejissor — Qutlimurod Yakubov. Namoyishi 11-mart kuni boshlangan.
9-o‘rin. “Toshtabib” (komediya)Rejissor — Javlon Shodmonov. Namoyishi 23-apreldan boshlangan.
8-o‘rin. “Yo‘qotilgan jannat” (melodrama)Rejissor — Durdona To‘laganova. Namoyishi 29-apreldan boshlangan.
7-o‘rin. “Aldagani quda yaxshi” (komediya)Rejissor — Naufal Sulaymonov. Namoyishi 2-avgustdan boshlangan.
6-o‘rin. “Vahshiy” (drama)Rejissor — Ozod Shams. Namoyishi 11-maydan boshlangan.
5-o‘rin. “Men yolg‘onchiman” (fantastik komediya)Rejissor — Behzod Joniyev. Namoyishi 13-fevral kuni boshlangan.
4-o‘rin. “Majnun” (melodrama)Rejissor — Jahongir Ahmedov. Namoyishi 7-martdan boshlangan.
3-o‘rin. “Qaysarginam” (komediya)Rejissor — Azamat Ahrorov. Namoyishi 2015-yil 13-dekabrdan boshlangan.
2-o‘rin. “Dadam bilmasin” (komediya)Rejissor — Jahongir Ahmedov.
1-o‘rin. “Baron” (drama)Rejissor — Rustam Sa’diyev. Namoyishi 16-yanvardan boshlangan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)