Nyu-Yorkdan 22 kilometr masofada joylashgan Nyu Gayd Park shahrida poyezd relslardan chiqib ketdi. Oqibatda 100 nafargacha yo‘lovchi jabrlandi. Bu haqda, politsiya ma’lumotiga tayanib, NBC ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
Politsiya jabrlanganlar soni 50 nafardan 100 nafargacha ekanligini ma’lum qildi. Biroq telekanalning huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbasi ma’lum qilishicha, 20 kishi jabrlangan, ularning shikastlanishlari jiddiy emas.
Transport tarmog‘ining ma’lum qilishicha, jami to‘rt kishi shifoxonaga yotqizilgan. Nyu-York shtatining gubernatori Endryu Kuomo keyinroq 11 kishining jabrlanganligi haqida xabar qilgan. Poyezdda jami 600 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
Hodisa kechasi mahalliy vaqt bo‘yicha 21:10 da sodir bo‘lgan. Yo‘lovchi poyezdi qurilish-montaj ishlarini olib borayotgan poyezd bilan to‘qnashib ketgan va relslardan chiqib ketgan. Long-Aylend temir yo‘llari vakillarining ma’lum qilishicha, uchta vagon relslardan chiqib ketgan.
Izoh (0)