AQShning Palm-Springs shahrida (Kaliforniya shtati) yuz bergan otishma oqibatida ikki nafar politsiyachi halok bo‘ldi, yana bir nafari jarohat oldi. Bu haqda, mahalliy politsiya rahbari Brayn Reysga tayanib, Los Angeles Times ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
Oilaviy mojaro yuzasidan chaqiruv bo‘yicha yetib kelgan politsiyachilarga qarata uy egasi o‘t ochgan. Reysning ma’lum qilishicha, gumonlanuvchi hozircha qo‘lga olinmagan, u hali ham uyda bo‘lishi mumkin.
Hozirgi paytda gumonlanuvchini qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya davom etmoqda, unga maxsus topshiriqli bo‘linma xodimlari ham jalb etilgan.
Desert Sun mahalliy nashrining aniqlik kiritishicha, otishma oqibatida 35 yoshli ofitser Xose Gilbert Vega va 27 yoshli Lesli Zerebni halok bo‘lgan.
Izoh (0)