Hindistonning Jammu va Kashmir shtati poytaxti Srinagar rasmiylari 12 yoshli bola politsiya tomonidan o‘ldirilganidan so‘ng shaharda ommaviy g‘alayonlar boshlangani tufayli komendantlik soati joriy etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
NDTV telekanaliga ko‘ra, namoyishchilarni politsiya tomonidan tarqatib yuborish chog‘ida travmatik quroldan uzilgan o‘q tufayli 12 yoshli bola halok bo‘lgach shaharda tartibsizliklar boshlangan. Guvohlar u namoyishlarda ishtirok etmagani, uyining oldida turganida o‘q tekkanini ta’kidlamoqda.
Shundan so‘ng olomon hukumatga qarshi shiorlar bilan ko‘chalarga chiqdi. Politsiya bo‘limlari va rasmiy binolar toshbo‘ron qilindi, huquq-tartibot xodimlari ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘lladi.
Shaharda keskin vaziyat saqlanib qolmoqda, politsiya guruhlari ko‘chalarda patrullashni amalga oshirmoqda.
Izoh (0)