Iroq poytaxti Bag‘dodning sharqida ro‘y bergan portlash oqibatida bir necha kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, As Sumaria telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Portlashni xudkush amalga oshirgani bildirilmoqda. Voqea shaharning al-Jadida tumanida sodir bo‘ldi.
Politsiya bir necha kishi yaralanganini e’lon qildi. Boshqa manbalarga ko‘ra, portlash oqibatida kamida to‘qqiz kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)