Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos “Kolumbiyadagi mojaroni hal qilish sa’y-harakatlari uchun” tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Xuan Manuel Santos va Kolumbiya revolyutsiya qurolli kuchlari rahbari Rodrigo Londono Echeverri 27-sentabr kuni Kartaxena shahrida mamlakatda yarim asr davom etgan qurolli mojaroni to‘xtatish hamda mustahkam va barqaror tinchlikni ta’minlash to‘g‘risida kelishuv imzolagan edi.
Unga ko‘ra, 2-oktabr kuni Kolumbiyada muzokaralarni qonuniy mustahkamlash uchun referendum o‘tkazildi. Uning natijasiga ko‘ra, kelishuvga rozi bo‘lmaganlar g‘alaba qozondi. Tinchlik kelishuviga qarshi 6,4 million (50,21 foiz) kishi ovoz bergan.
Izoh (0)