Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShning Minnesota shtati Layno-Leyks shahri hududida vertolyot halokatga uchrashi natijasida bir necha kishi nobud bo‘ldi, deb yozadi “TASS” ABC telekompaniyasiga tayanib.

Foto: “Kommersant”

Foto: “Kommersant”

“Politsiya dalaga qulagan vertolyot haqida ma’lumotga ega. Vertolyotning kuyib ko‘mirga aylangan bo‘laklari topildi”, — dedi mahalliy sherif. U, shuningdek, politsiya hozircha halok bo‘lganlar sonini aniq ayta olmasligini ma’lum qildi.

Telekanal xabariga ko‘ra, voqea guvohlari osmonda portlash tovushini eshitgan va yerga qulayotgan olovli sharni ko‘rgan.

Politsiya hodisa yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonlik olimlar onkologik kasalliklarni 99 foizgacha davolaydigan dori ishlab chiqardi
Dunyo
Turkiyada erkak o‘zi bilan birga yashagan o‘zbekistonlik ayolni tosh bilan o‘ldirib, jasadini bo‘laklab, muzlatkichda saqlagani aniqlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda elektromobillar sotuvi rekord darajaga yetdi