AQSh energetika vazirligi huzuridagi Yadro xavfsizligi milliy boshqarmasi (YaXMB) va Amerika harbiy-havo kuchlari joriy oy boshida B61 (“Bi-61) atom bombasining ikkita modifikatsiyasini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda YaXMB matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Uning aniqlik kiritishicha, B61-7 va B61-11 jangovar o‘qlar sinalgan. Jangovar qismlar bilan jihozlanmagan bitta B61-7 va bitta B61-11 bombasi Nevada shtatidagi Tonopa poligoniga ikkita B-2A Spirit strategik “ko‘rinmas” bombardimonchilari tomonidan tashlangan.
Bombalarning aniqligi va ishonchliligini tekshirish maqsadida tashlangan jangovar o‘qlarga ularning parvozi parametrlarini qayd etuvchi qurilma o‘rnatildi. Yig‘ilgan ma’lumotlar tahlili har ikkala sinov ham muvaffaqiyatli kechgani haqidagi xulosaga kelish imkonini beradi, dedi YaXMB.
Izoh (0)