Samarqandda tramvay qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda, “Axborot” teledasturiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Ushbu taklifni O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev shaharga tashrifi doirasida ilgari surdi.
“Bu tashabbus shaharliklarni xursand qildi. Shahar ahli uchun ekologik jihatdan toza va qulay transport”, — deyiladi xabarnomada.
Tramvay yo‘li Siyob bozoridan Sartepaga qadar boradi.
Prezident vazifasini bajaruvchi yaqin vaqtda aholining ehtiyojlarini inobatga olgan holda yo‘nalishlar loyihasini ishlab chiqishni tavsiya etdi.
Yo‘l Navro‘z bayramiga qadar foydalanishga topshirilishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, may oyida Toshkentdagi oxirgi tramvay yo‘nalishi yopilgan edi.
Izoh (0)