Jahon bankining Jan-Piter Olters boshchiligidagi delegatsiyasi 4-oktabr, seshanba kuni Toshkentdagi Inha universitetiga tashrif buyurdi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Universitet rektori Sherzod Shermatov mehmonlarga o‘quv yurti faoliyati, o‘qish jarayoni, o‘qituvchi va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, infratuzilmani kengaytirish rejalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.
Tomonlar o‘quv yurtida mutaxassislar tayyorlash va ularni kelgusida ishga joylashtirish masalalarini muhokama etdi.
Izoh (0)