Bir guruh pokistonlik xakerlar Hindiston maxsus otryadlari bahsli Kashmirning Pokiston nazorati ostidagi qismida operatsiyalar o‘tkazgani haqidagi xabarlardan keyin, Hindistonga tegishli 7 mingta saytga hujum uyushtirganini ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”. Xakerlar internetda buzib kirilgan saytlar ro‘yxatini tarqatmoqda.
Asosan, yaxshi himoyalangan davlat saytlari emas, balki turli kompaniya va tashkilotlar veb-sahifalari bunday hujumlar qurboniga aylandi. Ularda biroz vaqt davomida Pakistan Haxors Crew guruhi logotipi chiqib turdi va Pokiston vatanparvarlik qo‘shiqlari yangradi.
Ushbu guruh mashhur hind saytlariga buzib kirgani bilan taniqli, masalan, 2014-yilda Tojmahal maqbarasi rasmiy sayti ularning hujumiga uchragan edi.
Izoh (0)