Kimyo bo‘yicha 2016-yilgi Nobel mukofoti Jan-cSovaj, Jeyms Freyzer Stoddart va Bernard Feringaga berildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Nobel qo‘mitasining e’lon qilishicha, ular “molekulyar mashinalar ishlab chiqish va sintez qilish” uchun taqdirlandi.
Mukofot sohiblari harakatini nazorat qilish mumkin bo‘lgan molekulalar ishlab chiqdi. Ularni energiya uzatishda ishlatish mumkin.
“Kompyuter texnikasidagi rivojlanish texnik kichraytirish keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan inqilobni ko‘rsatmoqda. 2016-yil laureatlari mashinalarni kichraytirdi va kimyo fanini yangi o‘lchamga o‘tkazdi”, — deyiladi xabarnomada.
Izoh (0)