Karib orollariga “Mettyu” dovulining yopirilishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press agentligiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Avvalroq Gaiti va Dominikana Respublikasida 9 kishi halok bo‘lgani haqida xabar qilingandi. Kolumbiya hamda Sent-Vinsent va Grenadinda tabiiy ofat oqibatida 1 nafardan kishi hayotdan ko‘z yumdi.
Xabarda qayd etilishicha, Gaiti orollarida 10 ming kishi shifoxona va boshpanalarda bo‘lib turibdi.
Sinoptiklarning ma’lum qilishicha, 6-oktabr kuni “Mettyu” dovuli AQShning Florida shtatiga yetib borishi mumkin. Tabiiy ofatning shtat sohillariga yaqinlashayotgani sababli po‘rtana xavfi e’lon qilindi.
Ilgariroq AQSh prezidenti Barak Obama Florida shtati tomon yaqinlashayotgan dovul tufayli u yerga safarini bekor qilgani haqida xabar berilgandi.
Oq uy bosh kotibi Josh Ernestning aniqlik kiritishicha, Obamaning Florida shtatida belgilangan tadbirlari keyinroq bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)