AQSh davlat kotibi Jon Kerri Rossiya va Suriya diplomatiyadan voz kechganini va ixtilofni harbiy yo‘l bilan hal qilishga urinayotganini bildirdi. Uning so‘zlarini “TASS” keltirmoqda.
“Moskva va Damashq diplomatiyadan voz kechdi, ular Suriyadagi ixtilofni harbiy yo‘llar bilan hal qilmoqchi”, — dedi u Bryusseldagi Germaniya Marshall fondida qilgan chiqishida.
“Rossiya xalqaro majburiyatlarini bajarishi uchun nima qilishi lozimligini juda yaxshi biladi”, — qo‘shimcha qildi amerikalik siyosatchi.
Kerri AQSh ixtilofni tinch yo‘llar bilan bartaraf etishga urinishda davom etishini ishontirib aytdi.
Izoh (0)