Futbol bo‘yicha Italiya A seriyasining 7-tur bellashuvlariga to‘liq yakun yasaldi.
Mamlakatning amaldagi chempioni “Yuventus” yirik g‘alabaga erishib, o‘z peshqadamligini saqlab qoldi. Bellashuvda Gonsalo Iguain dubl qayd etgan bo‘lsa, uning vatandoshi Dibala bitta gol urishga erishdi.
“Napoli” mazkur turda mag‘lub bo‘lib, peshqadam bilan oradagi farqni yiriklashtirib yubordi. Shunga qaramay, 2-pog‘onasini saqlab qoldi.
Rimning “Roma” klubi turning markaziy o‘yinida “Inter”ni mag‘lub etdi. Frank de Bur murabbiyligidagi jamoa Yevropa Ligasini ham ketma-ket ikki mag‘lubiyat bilan boshlagandi. A seriya 7-turidan keyin milanliklar 9-o‘rinni egallab turibdi.
Mazkur turning eng qiziqarli o‘yini “Juzeppe Meatssa” stadionida kechib, “Milan” “Sassuolo” ustidan irodali g‘alabaga erishdi.
Italiya A seriyasi 7-tur uchrashuvlari 1-oktabr, shanba
“Peskara” — “Kyevo” 0:2
Gollar: Rikkardo Medjorini, 76 (0:1). Roberto Ingleze, 85 (0:2).“Udineze” — “Latsio” 0:3
Gollar: Chiro Immobile, 28 (0:1). Keyta Balde, 54 (0:2). Chiro Immobile, 61 (0:3).2-oktabr, yakshanba
Izoh (0)