Procter & Gamble kompaniyasi pardoz-andoz biznesini shu yo‘nalishda mahsulot ishlab chiqaruvchi Coty’ga sotganini ma’lum qildi. Kelishuv qiymati 11,4 milliard dollarni tashkil qildi, deb xabar beradi “Vedomosti”.
Shartnoma haqida 2015-yil iyulida ma’lum bo‘lgan edi, ammo kompaniyalar uni endigina yopdi. Kelishuv shartlariga ko‘ra, Coty Salon Professional, Retail Hair Color, Cosmetics, Fine Fragrance va boshqa bo‘linmalar brendlari, jami 43 brendga ega bo‘ldi.
Izoh (0)