Estoniya prezidentligiga saylangan Kersti Kalyulayd Kadriorgdagi prezident saroyiga ko‘chib o‘tishdan bosh tortib, Tallinning Nimme tumanida joylashgan uyida yashashda davom etishini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Men muammolarni aniqlashda talabchan, uni hal qilishda esa ehtiyot bo‘lishni istayman”, — dedi u mahalliy parlament — Riygikoguda bergan brifingida.
Shuningdek, yangi prezident odamlarni ko‘proq bir-biri bilan muloqot qilishga chaqirdi.
Bundan tashqari, Kalyulayd xonim odamlar bilan ruscha muloqot qilishga tayyorligini bildirdi. U birinchi xorij safarini qo‘shni mamlakatga uyushtirishini xabar qildi.
Izoh (0)