Ukraina va Rossiya xalqaro tergov guruhining MH17 layneri halokati bo‘yicha hisobotiga munosabat bildirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, hisobotda layner Rossiyadan keltirilgan “Buk” quroli yordamida urib tushirilgani, lekin, shu bilan birga, Rossiyaning bunga aloqadorligi haqida gapirish ertaligi ta’kidlab o‘tilgan edi.
Rasmiy Kiyev bu hisobotga munosabat bildirar ekan, “Buk”ning o‘rnatilgan yo‘nalishi halokatga Rossiya aloqadorligini ko‘rsatishini ta’kidlab o‘tdi.
O‘z navbatida, Rossiya TIV Niderlandiya prokuraturasining xulosalari noxolis ekanligi va siyosiy tagzaminga egaligini aytdi.
“Tergov Rossiya tomonining dalillariga bee’tibor munosabatda bo‘lishda davom etmoqda... Niderlandiya prokuraturasining dalillari Ukraina kuch idoralari tomonidan taqdim etilgan, ular esa, shubhasiz, manfaatdor tomondir”, — deyiladi Rossiya tashqi siyosiy idorasi bayonotida.
Izoh (0)