19 yoshli britaniyalik Jek Jonson ismli yigit sobiq futbolchi Devid Bekxemga o‘xshash uchun plastik jarrohlik amaliyotlari uchun 25 ming dollar sarfladi, ammo u o‘z kumiriga o‘xshamadi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”.
Jek Jonson iyagi, yuz suyagi va tishlarini to‘g‘rilatdi hamda tana rangini biroz tiniqlashtirdi.
Xabar berishlaricha, yigit jarrohlik amaliyoti kurslarini to‘liq yakunlashi uchun yana 30 ming dollar kerak bo‘ladi.
Jek hech qayerda ishlamaydi va nafaqa puliga kun kechiradi. Operatsiyalar uchun pulni esa do‘stlaridan qarzga olgan va bu pullarni qanday qaytarishni hozircha bilmaydi.
Jek Jonson ayni vaqtda Bekxemga o‘xshamasligini biladi, ammo o‘z maqsadi yo‘lida to‘xtamoqchi emas.
Izoh (0)