To‘lqinlar jahonning eng chiroyli plyajlaridan hisoblangan Legziraning bir qismini yo‘q qildi
Marokashning Atlantika sohillarida joylashgan Legzira plyajida mamlakatning diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblangan ikki tosh arkalardan biri qulab tushdi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
Hodisa 23-sentabr, juma kuni yuz berdi. Endilikda tabiiy qurilma joyida faqat toshlar uyumini ko‘rish mumkin. Voqeaga aynan nima sabab bo‘lgani aniq emas. Taxminlarga ko‘ra, bu to‘lqinlar ta’sir bo‘lishi mumkin.
Qayd etishlaricha, 2016-yilning mart oyida arkadan yirik tosh bo‘lagi ajralib tushgan, uning janubiy tarafida esa yoriq yuzaga kelgan edi.
Legzira dam olish hududi Marokash janubi-g‘arbidagi Sidi-Ifni shahri yaqinida joylashgan. The Guardian nashrining yozishicha, bu plyaj jahondagi eng chiroyli plyajlardan biri hisoblanadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
