Shveysariyada bo‘lib o‘tgan referendumda fuqarolarning ko‘pchilik qismi maxsus xizmatlar to‘g‘risidagi qonunning yangi tahririni ma’qulladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Saylovchilarning 65 foizi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi. Endi razvedka va xavfsizlik xizmatlari sud qaroriga ko‘ra nafaqat telefon qo‘ng‘iroqlarini eshitadi, balki internet trafigini nazorat qila oladi.
Bundan tashqari, maxsus xizmatlar davlat tomonidan ruxsat etilgan troyan dasturlarini tarmoqqa tarqatish, terrorchilik va ekstremistik jinoyatlarni sodir etishda gumonlanayotgan shaxslarning suhbatlarini eshitish uchun maxsus tizimlar o‘rnatish, kiberhujum texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish huquqiga ega bo‘ladi.
Izoh (0)