Yaponiya ilgarigidek Rossiya unga Kuril arxipelagining to‘rt bahsli orolini qaytarib berishi lozim deb hisoblaydi. Bu haqda Yaponiya hukumati bosh kotibi Yosixide Suga bayonot berdi, deb yozadi “Interfaks”.
Ilgariroq matbuotda Yaponiya o‘zining bahsli orollar masalasidagi nuqtai nazarini o‘zgartirgani va da’volaridan voz kechgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Yomiuri nashrining bildirishicha, Rossiya bilan muzokaralar chog‘ida rasmiy Tokio vakillari go‘yoki faqatgina ikki orolning — Xabomai va Shikotanning qaytarilishini talab qilishni rejalashtirmoqda.
“Bu mutlaqo haqiqatga mos kelmaydi. Men bu haqda ishonch bilan va aniq gapirmoqdaman”, — deb munosabat bildirdi bunga Suga.
Izoh (0)