23-sentabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Shavkat Mirziyoyev Rio—2016 Paralimpiadasidan keyin 55 kishini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi. Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Mirabror Usmonov “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
2. O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan barcha partiyalarga Prezident saylovida ishtirok etishga ijozat berildi. MSK bayonotiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti saylovi kampaniyasi oshkoralik va ochiqlik tamoyillari asosida olib borilmoqda.
3. Xitoy rahbari Shavkat Mirziyoyevni unga O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajarish yuklatilganligi munosabati bilan tabrikladi. Xitoy elchisi Xitoy rahbarining O‘zbekiston rahbariyatiga yo‘llagan qutlov maktubini topshirdi.
4. Qashqadaryoda paxta terimchilari uchun “Mehnat rohat” palatkali shaharchasi barpo etildi. Xabar berishlaricha, shaharcha hududidagi oshxona, tibbiyot punkti, savdo do‘koni, go‘zallik saloni va boshqa qo‘shimcha xizmatlardan aholi mamnun.
5. Shimoliy Koreyada mamlakat tarixidagi ilk aviashou o‘tkaziladi. Tashkilotchilar tomonidan pivo festivali va Yapon dengizi sohilida mahobatli mushakbozlik uyushtirilishi ham va’da qilingan.
Izoh (0)