Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi (MSK) tomonidan 23-sentabr, juma kuni mahalliy va chet el OAV vakillari uchun O‘zbekiston Prezidenti saylovi bo‘yicha kampaniyaning borishiga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

MSK raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov saylovga tayyorgarlik ishlari qonunchilik talablari, O‘zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Asosiy tadbirlar dasturi asosida olib borilayotganini qayd etdi.

Saylov kampaniyasi qizg‘in pallaga kirib bormoqda, saylovda ishtirok etuvchi partiyalar aniqlandi, ularga imzo varaqalari blankalari berildi. Siyosiy partiyalar O‘zbekiston Prezidentligiga nomzodni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan saylovchilar imzosini ish, xizmat, o‘qish, yashash joyida, saylovoldi tadbirlarida to‘plashga haqli.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida” gi Qonunga 2015-yil 29-dekabrda kiritilgan o‘zgarishlarga muvofiq siyosiy partiya tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari jami saylovchilar umumiy sonining 5 foizidan 1 foizigacha kamaytirildi.

Bu 214 350 nafar saylovchi imzosini tashkil etadi. Imzolar kamida sakkizta ma’muriy-hududiy tuzilma saylovchilarini qamrab olishi kerak. Ma’muriy-hududiy tuzilmalardan birida siyosiy partiya imzolar umumiy miqdorining ko‘pi bilan sakkiz foizini to‘plashi mumkin.

O‘zbekiston Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari tuzilgan. Okrug saylov komissiyalarining 56,6 foizi avvalgi saylovlarda amaliy tajriba to‘plagan jamiyatning obro‘li vakillaridir. Komissiya a’zolarining 56 nafari, ya’ni 36,8 foizi xotin-qizlar, ularning 12 nafari esa saylov komissiyalarining rahbariyatidan joy egallagan.

Saylov kampaniyasi oshkoralik va ochiqlik tamoyillari asosida olib borilmoqda. Shu maqsadda MSKning O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zA, “Jahon”, “Uzreport” axborot agentliklari, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan ikki tomonlama bitimlar imzolandi. MSK tomonidan xorijiy va milliy OAVning qariyb 400 nafar vakili akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

MSK Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi, MDH Ijroiya qo‘mitasi, ShHT, Islom hamkorlik tashkiloti va Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi kabi xalqaro tuzilmalarga O‘zbekiston Prezidenti saylovida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun taklifnomalar yuborgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi