Fransiya hukumati ikki mamlakat o‘rtasida ekstraditsiya haqidagi kelishuv imzolanib, kuchga kirgandan so‘ng ilk bor qochoq jinoyatchini Xitoyga topshirdi. Bu haqda 19-sentabr, dushanba kuni Xitoy Jamoat xavfsizligi vazirligi tomonidan chop etilgan xabarda ma’lum qilindi, deb yozadi “TASS”.
Vazirlik bayonotida ma’lum qilinishicha, tergov taxminiga ko‘ra Chen sharifli gumonlanuvchi 2009-yildan 2012-yilga qadar 20 million yuan (3 million dollar atrofida) miqdoridagi davlat mablag‘larini o‘zlashtirgan.
Shundan so‘ng u 2013-yilning martida Fransiyaga qochib ketgan, biroq 2015-yilning oktabrida Interpolning talabi bilan fransuz politsiyasi uni qo‘lga olgan.
Vazirlik xabariga ko‘ra, gumonlanuvchini topshirish “Tulki ovi — 2016” operatsiyasi doirasida amalga oshirilgan. Operatsiya Xitoyda iqtisodiy jinoyatlarni sodir etgan qochoq jinoyatchilarni mamlakatga qaytarishga yo‘naltirilgan.
Mazkur operatsiya doirasida Xitoy hukumatiga jami 409 nafar gumonlanuvchi topshirilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)