O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Sanjar Tursunov harakat qiladigan Ukrainaning “Vorskla” klubi 8 oydan buyon futbolchilariga maosh bermaydi. Bu haqda “Olamsport” Sport Arena nashriga asoslanib xabar berdi.
So‘nggi yillarda ukrain jamoalari moliyaviy muammolar girdobida qolgan bo‘lib, Poltava klubi ham bundan aziyat chekmoqda, deb yozildi xabarda. Futbolchilardan tashqari murabbiylar shtabi va klub ishchi-xodimlarining ham maoshsiz ekani borasida aniq ma’lumot yo‘q.
Sanjar Tursunov bir oy muqaddam “Vorskla” klubiga qaytib, Qatar klubidan keyin Ukrainada faoliyatini davom ettirishga qaror qilgandi. Uning jamoasi 8-turdan keyin 12 ta jamoasi bor Ukraina chempionatida oltinchi bo‘lib turibdi.
Izoh (0)